Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Isroil Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini topshirdi

Isroil Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini topshirdi

"Biz ilgari Qo‘shma Shtatlardan olgan Patriot tizimlari hozir Ukrainada. Bu Patriot'lar 1990-yillarning boshlarida Isroil armiyasi tomonidan foydalanilgan. Biz ularni Ukrainaga topshirishga rozi bo‘ldik. Afsuski, bu haqida unchalik ko‘p gapirilmagan. Agar kimdir Isroil Ukrainaga harbiy yordam bermaganini aytsa, demaj, bu yolg‘on" — deya ma’lum qildi Isroilning Ukrainadagi elchisi Mixail Brodskiy.

Financial Times gazetasi bir yil oldin Isroil, AQSh va Ukraina Patriot havo mudofaa tizimlarini Ukrainaga yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini xabar qilgan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil Ukrainaga sakkiztagacha havo hujumidan mudofaa komplekslarini topshirishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 21:45 09.06.2025. O'qildi: 3994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!