Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Nega? Kelin-kuyov o‘z to‘yida mehmonlarni ovqat qoldiqlari bilan siyladi

Nega? Kelin-kuyov o‘z to‘yida mehmonlarni ovqat qoldiqlari bilan siyladi

Buyuk Britaniyada yosh kelin-kuyovlar to‘yda mehmonlarni ovqat qoldiqlari bilan siylashdi. Mehmonlar bu haqda oldindan ogohlantirilmagan, deb xabar qilmoqda Daily Mirror nashri.

Xabarda aytilishicha, Keyli va Jo Tilstonlar turmush qurishlari munosabati bilan uyushtirilgan banketda mehmonlarni restoranlardan olib kelingan ovqat qoldiqlari bilan siylashgan. Taomnomada tovonbaliq va olabug‘a baliqlari, novvos go‘shti, cho‘chqa qovurg‘alari, tovuq go‘shti, shuningdek vegetarianlar uchun tayyorlangan ovqatlar bo‘lgan. Yuz bergan voqeani ular hammadan sir saqlagan. Faqat banket oxirida kelin-kuyov mehmonlarga tamaddi ovqat qoldiqlaridan tashkil topganini aytishgan.

Dasturxondagi taomlarning kelib chiqishi ayrim mehmonlarni shok holatiga solgan bo‘lsa-da, ammo e’londan so‘ng qo‘shimcha so‘raganlari ham bo‘lgan.

Keyli va Joning so‘zlariga ko‘ra, qayta ishlash va takroran foydalanish evaziga axlat miqdorini qisqartirishga erishish mumkin. Bundan tashqari, qoldiqlardan iborat banket odatiyga nisbatan besh barobar arzonga tushgan.

Ta’kidlanishicha, kelin-kuyov nikoh bazmiga 280 kishi taklif etilgan bo‘lgan.

 

Kiritildi: 15:46 15.08.2019. O'qildi: 2581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!