Juma kuni xalqaro birjada Brent markali neftning narxi bir barrel uchun 90,32 dollarni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Anadoly agentligi.
Payshanba kungi so‘nggi savdolarda bir barrel neft narxi 92,91 dollarga yetdi va kechki payt 89,78 dollarni tashkil qildi.
18 noyabr kuni soat 09:08 holatiga ko‘ra, etalon neft narxi 0,60 foizga oshib, bir barreli 90,32 dollarni tashkil qildi. WTI neft fyucherslari 82,31 dollarga yetdi. Dollar indeksining boshqa valyutalarga nisbatan pasayishi tufayli neft narxi pasaymoqda.