Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Neftchi"ga chempionlik sari yetaklagan murabbiy ishsiz qoldi

"Neftchi"ga chempionlik sari yetaklagan murabbiy ishsiz qoldi

Farg‘onaning "Neftchi" klubi bilan joriy mavsum Superliga chempioni bo‘lgan Vitaliy Levchenko klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmadi. 53 yoshli mutaxassis endi erkin agent.

Mish-mishlarga ko‘ra, "Neftchi"ni O‘zbekiston U17 terma jamoasining sobiq murabbiyi Islom Ismoilov boshqaradi.

Vitaliy Grigorevichga O‘zbekiston, Qozog‘iston Superligasi klublaridan taklif borligi, Tojikistondan ham qiziqish bildirayotgan klublar borligi haqida ma’lumotlar bor.

Vitaliy Levchenko 2022 yil iyul oyidan boshlab "yo‘lbarslar" boshqaruvida ishlab kelayotgan edi.

Kiritildi: 17:21 01.12.2025. O'qildi: 1533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!