Donald Tramp NBC jurnalisti Kristen UYElker bilan intervyuda Putin Zelenskiyning qonuniyligini tanqid qilganidan keyin juda qattiq g‘azablanganini bildirgan.
"Agar biz Rossiya bilan Ukrainadagi qon to‘kilishini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erisha olmasak va men bunga Moskva aybdor deb hisoblasam, men Rossiyadan import qilinadigan neftga ikkilamchi bojlar kiritaman", – deya ta’kidladi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakat Rossiya neftiga 25% boj solinishiga olib kelishi mumkin. Yuyub"Bu shuni anglatadiki, agar siz Rossiya neftini xarid qilsangiz, AQShda biznes yuritolmaysiz", – deya izoh berdi Tramp.
Shu bilan birga, AQSh rahbari shu hafta Putin bilan muloqot qilishni rejalashtirayotganini ham e’lon qildi.