Navro‘z munosabati bilan Kinematografiya agentligi milliy filmlarning bepul namoyishini taqdim etmoqda.
Bayram kunlari "Yasha, xotin", "Osmondagi bolalar-3", "Abdulla Oripov", "Puling bo‘lsa...", “Orzular qanotida” kabi filmlarning namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Bayram tuhfasi sifatida taqdim etilayotgan filmlarning kinoteatrlardagi namoyishi 18 – 24 mart kunlari o‘tkaziladi.