Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

Avvalo, 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida dam olish kunlarida alohida o‘zgarish bo‘lmaydi va quyidagicha tartibga solinadi:

6 mart - shanba (faqat 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasidagilar uchun ish kuni);
7 mart - yakshanba (barcha uchun dam olish kuni);
8 mart - (bayram, barcha uchun dam olish kuni).

Ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar Navro‘z bayramida barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:

20 mart – shanba (barcha xodimlar uchun dam olish kuni);
21 mart – yakshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – dushanba (27 mart (shanba)dagi dam olish kuni ko‘chirilgan - barcha xodimlar uchun dam olish kuni).

27 mart - shanba kuni barcha xodimlar uchun, jumladan haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun ham ish kuni hisoblanadi.

Kiritildi: 10:54 04.03.2021. O'qildi: 3948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!