Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Navro‘z bayrami va yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti (“Iyd al-Fitr”) munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuki qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan un, bug‘doy, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, shakar, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.
Shuningdek, Mozori Sharif shahrida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonda barpo etilayotgan Imom Buxoriy maqbarasi qurilishi haqida ham alohida fikr almashildi.
Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirib, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi.