Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Navro‘z bayrami kuni O‘zbekistonda kun davomida yomg‘ir yog‘adi

Navro‘z bayrami kuni O‘zbekistonda kun davomida yomg‘ir yog‘adi

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, 20 mart, juma kuni, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida quruq va juda iliq havo saqlanib turadi, harorat me’yoriy qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori bo‘lib, 20-25 daraja bo‘ladi, ayrim joylarda 27 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning qolgan hududlarida, ayrim joylarda, yomg‘ir yog‘adi va havo harorati 18-23 darajadan oshmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamolning tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechga borib havo ayniydi, osmonni bulut qoplab, tungi soatlarda butun mamlakat hududida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

21 mart, Navro‘z bayram kuni, respublikada kun davomida yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-sharqiy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Mamlakatning barcha hududlarida kunduzgi havo harorati 18-23 darajani tashkil qiladi, bu me’yordan 2-3 darajaga yuqori. Shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-14 daraja iliq, kunduzi 18-20 darajani tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar haqidagi tavsiyalaridan kelib chiqib, mamlakat miqyosida ommaviy ko‘ngilochar tomoshalar, bayram tadbirlari, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar bekor qilingan.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi va O‘zbekiston telekanallari birgalikda koronavirus profilaktikasi kunlarida «Uy kinoteatri» aksiyasini amalga oshiradi va bayram kunlari 30 ta yangi filmni telekanallarda bepul namoyish etadi.

Kiritildi: 17:44 20.03.2020. O'qildi: 3439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!