Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Navoiyda qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Navoiyda qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.M.” oilaviy korxonasi rahbari SH.R. “Kumushkon” MFY hududidagi xonadonida qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini savdo do‘konida sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, undan 2 210 dona qalbaki aksiz markalar, 193 dona shisha idish, 104 dona alkogol mahsuloti va qo‘lbola usulda ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:24 24.03.2025. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!