O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Navbahor tumanida “G.T.” xususiy korxonasiga qarashli ob’ektda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 192,7 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.