Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

"Manchester Siti" sardorini tunab ketishdi

"Manchester Siti" sardorini tunab ketishdi

"Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash talonchilik qurboni bo‘ldi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, jinoyatchilar chorshanba kuni "Manchester Siti"ning Chempionlar ligasi doirasida "Galatasaroy"ga (2:0) qarshi o‘yini vaqtida futbolchining uyiga kirib, bir nechta buyumlarni o‘g‘irlashgan.

O‘g‘irlik sodir bo‘lgan vaqtda jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirayotgan Diash stadionda, uning sevgilisi, britaniyalik teleboshlovchi Mayya Jama esa Janubiy Afrikada suratga olish jarayonida bo‘lgan.

Hozirda polisiya hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Qayd etilishicha, "Manchester Siti" Diashga har qanday yordam va ko‘mak berishga tayyor.

Kiritildi: 23:42 30.01.2026. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!