Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Navoiyda do‘stlar maishati jinoyat bilan yakunlandi

Navoiyda do‘stlar maishati jinoyat bilan yakunlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida do‘stiga tan jaroxat yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

1998 yilda tug‘ilgan Z.Izbosarov (shaxsi o‘zgartirilgan) 2021 yil 10 oktyabr kuni soat 23:50 larda Xatirchi tumani, “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi J.Ismoilovni dasht yeridagi quy qurasi yaqinida, J.Ismoilov va M.Abduahatov bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilishlari davomida, M.Abduahatov bilan o‘zaro tortishib qolib, M.Abduahatovga qasddan tan jarohat yetkazish maqsadida uning bosh va yuz sohalariga bir necha marotaba urib, RSTEIAMning Xatirchi tumani bo‘linmasi ekspertlarining 12.11.2021 yildagi № 1539-sonli sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, M.Abduahatovga “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati” yetkazgan.

Sud, Z.Izbosarovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi 1-qismi bilan 3 (uch) yilga ozodlikni cheklash jazosi jazosi tayinlandi.

Habibulla Tuxtayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi sudyasi

Kiritildi: 11:15 26.04.2022. O'qildi: 4146 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!