Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda Afrosiyob poyezdi qo‘ylar podasini bosib ketdi. Hayvonlarning egasi qoida buzgan

Navoiyda Afrosiyob poyezdi qo‘ylar podasini bosib ketdi. Hayvonlarning egasi qoida buzgan

Holat yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ batafsil ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 24 yanvar kuni Toshkent-Buxoro yo‘nalishida harakatlanayotgan Afrosiyob poyezdi Malikobod va Qiziltepa (Navoiy viloyati) bekatlari oralig‘ida harakatlanayotganda qo‘ylar podasidan bir necha bosh hayvonni urib yuborgan.

1000 ga yaqin qo‘y podasi temiryo‘lni noto‘g‘ri joyda kesib, himoya panjarasini buzib o‘tgan. Voqea joyidan 300 metr uzoqlikda chorva mollarini haydash uchun maxsus ajratilgan joy mavjud bo‘lgan.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rahbariyati tomonidan mazkur hudud bo‘ylab qo‘shimcha panjara (ikki qavatli to‘siq) o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, bugungi kunda qo‘shimcha panjaralarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda

Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hayvonlarning egasi qoidalarni buzgani sababli ma’muriy jazoga tortilishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 20:48 26.01.2023. O'qildi: 2254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!