Adliya vazirligi tomonidan farg‘onalik shoir Ilhomjon Komilovga tegishli “Sevilmagan yor kerak menga” nomli she’r xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (etti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.