Bugun 5 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi

Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 15-maktab o‘quvchisi farzandli bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga tayanib “Daryo” ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganish o‘tkazilmoqda. Shuningdek, maktab direktori ona bo‘lgan o‘quvchiga ayrim fanlardan darsga ishtirok etmasa ham baho qo‘yib borgani aytilgan edi. Vazirlik ayrim fanlardan o‘qituvchilarning darsga ishtirok etmagan o‘quvchiga baho qo‘yib borgani haqidagi vajlar ayni vaqtda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganilayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:10 04.03.2025. O'qildi: 1265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!