Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiyda 5 nafar buxorolik erkakni qum bosib qoldi. Jasadlar bir necha kun tuproq ostida qolib ketgan

Navoiyda 5 nafar buxorolik erkakni qum bosib qoldi. Jasadlar bir necha kun tuproq ostida qolib ketgan

Navoiy viloyatida tarkibida oltin bo‘lgan rudani noqonuniy qazib olish jarayonida buxorolik fuqarolarni qum bosib qoldi. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 2021 yil dekabr oyining oxirida Konimex tumanining Karakata ovulida joylashgan Lolazor nomi bilan ataluvchi cho‘l hududida sodir bo‘lgan. Qurbonlar bir necha kun tuproq ostida qolib ketishgan. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining harakatlari bilan texnikalar yordamida kovlanib, halok bo‘lganlar 4 yanvar kuni olib chiqilgan.

Vafot etganlar Shofirkon tumanining Denov mahallasidan ekani, ular orasida aka-uka ham borligi aytilmoqda.

Kiritildi: 11:18 06.01.2022. O'qildi: 3883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!