Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gvardiola "Barselona" taklifini rad etdi

Gvardiola "Barselona" taklifini rad etdi

Xosep Gvardiola "Manchester Siti"da o‘n yil ishlaganidan so‘ng ta’tilda. Ayni paytda ispaniyalik mutaxassis murabbiylikka qaytishni rejalashtirmayapti, ammo uzoq vaqt ishsiz qolishni ham istamaydi.

El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, Xosep Gvardiola va "Barselona" prezidenti Joan Laporta o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tgan.

Unda Gvardiolaning klubda muayyan lavozimni egallashi, masalan, akademiyani boshqarishi yoki Deku va Krkich bilan sport yo‘nalishida ishlashi mumkinligi muhokama qilingan.

Biroq Gvardiola bu taklifni rad etgan. U yaqin kelajakda yana murabbiylik faoliyatiga qaytishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, Xosep keyingi ish joyi sifatida biror mamlakat terma jamoasini boshqarishni afzal ko‘rishi aytilmoqda.

Avvalroq "Trabzonspor" ham Gvardiolani bosh murabbiylikka taklif qilishga uringani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 23:50 29.09.2026. O'qildi: 192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!