Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Navoiyda 12 qavatli binoning derazalari devorga biriktirilmagani aniqlandi

A A A
Navoiyda 12 qavatli binoning derazalari devorga biriktirilmagani aniqlandi

Navoiyning Zarafshon shahridagi 12 qavatli bino derazalari devorga biriktirilmagani aniqlandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, loyiha hujjatlarida ob’ektning yig‘ma temir-beton konstruksiyalar asosida qurilishi ko‘zda tutilgan. Tashqi tomondan to‘ldiruvchi sifatida gazoblok materialidan foydalanish ko‘rsatilgan.

Videolavhada aks etgan gazoblok to‘ldiruvchi materialining asosga mahkamlanish tartibi loyiha hujjatlarida ko‘rsatilmagan. Bog‘lash, mustahkamlash chizmalari va qirqimlari loyihaga aniq kiritilmagan.

Shu sababli mutasaddi xodimlar takroriy ravishda ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Sifatsiz bajarilgan gazoblok terish ishlari 15 kun avval hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan aniqlanib, joyida buzdirib tashlangan.

Kiritildi: 21:34 15.03.2023. O'qildi: 2560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!