Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Navoiy viloyatida soxta hujjatlar asosida yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Navoiy viloyatida soxta hujjatlar asosida yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar R.E. va I.K. “Navro‘z” MFY hududida joylashgan yer maydoni sotilishi haqida internet tarmoqlarida e’lonlar berib, yer maydoni o‘ziga tegishli ekanligi haqida soxta hujjatlarni tayyorlab, fuqaro O‘.R.ning ishonchiga kirib, uning nomiga 6,5 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, evaziga fuqaro I.K. 325 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:29 23.09.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!