Massiv qurilishi uchun tuman markaziga kirib kelishdagi «Damariq» MFY hududidan 4.5 gektar maydon tanlab olinib, loyiha ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan umumiy maydonning 4,6 gektarida 9 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Shundan 2 tasi 9 qavatli, 7 tasi 7 qavatli uylarni tashkil etadi. Xususan, bolalar va sport maydonchasi hamda savdo majmuasi barpo etiladi.