Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Navoiy davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi ushlandi

Navoiy davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi A.X., fuqaro S.ni “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish amaliy imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishini tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga yaqin qarindoshi T. orqali 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:59 12.07.2021. O'qildi: 2282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!