Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Navbahor"ning rossiyalik sobiq bosh murabbiyi qozoq va o‘zbek futbolining rivojlanishini qayd etdi

"Navbahor"ning rossiyalik sobiq bosh murabbiyi qozoq va o‘zbek futbolining rivojlanishini qayd etdi

Namanganning "Navbahor" klubi sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskis Qozog‘iston va O‘zbekistonda futbolning rivojlanishi haqida fikr bildirdi.

"O‘zbekistonda futbol jadal rivojlanmoqda, ularning terma jamoasi jahon chempionatiga bejiz chiqmagan. Klublarimiz Markaziy osiyolik futbolchilarga e’tibor qaratishi kerak. Bu bizga yaqin va do‘stona hudud bo‘lib, unda ko‘plab iqtidorli futbolchilar bor," - dedi Kanchelskis.

O‘zbekiston terma jamoasining eng yorqin vakili - Abduqodir Husanov. 21 yoshli futbolchimiz hozirda Angliyaning "Manchester Siti" klubi sharafini himoya qiladi. Joriy mavsumda Abduqodir Angliya Premyer-ligasida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 15:04 09.12.2025. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!