Bugun 1 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"Navbahor" futbolchisi odam urib yubordi

"Navbahor" futbolchisi odam urib yubordi

"Navbahor" va Qirg‘iziston milliy terma jamoasi hujumchisi Joel Kojo ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qirg‘iziston futbol ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 29 sentyabr kuni Jibek Jolu va Manas ko‘chalari kesishmasida ro‘y bergan. Futbolchi milliy jamoa yig‘ini o‘tayotgan "Muras Yunayted" bazasidan shaxsiy ishlari bilan chiqqan paytda elektrovelosipedda harakatlanayotgan fuqaro bilan to‘qnashgan.

Hodisadan keyin jabrlangan shaxs shifoxonaga olib borilgan. Tekshiruv natijalarida unda jiddiy jarohat yoki miya chayqalishi belgilari aniqlanmagan.

Qirg‘iziston futbol ittifoqi bayonotida elektrovelosipeddagi fuqaro piyodalar o‘tish joyidan harakatlangani, shu bilan birga, yo‘l harakati qoidalari buzilgani qayd etilgan.

YTHning aniq sabablari va barcha tafsilotlari tekshiruv yakunlaridan keyin ma’lum bo‘ladi.

Ayni paytda Joel Kojo milliy terma jamoa ixtiyorida qolmoqda va Livanga qarshi bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 15:58 30.09.2026. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!