«Manchester Siti» sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasi tomonidan klubga qo‘yilgan moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha ayblovlarga munosabat bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tekshiruv natijasida «Manchester Siti» aniqlangan qoidbuzarliklarning katta qismi bo‘yicha aybdor deb topilgan. Endi klub katta miqdorda jarima, sovrinlardan mahrum etish yoki Premyer-ligadan chetlatilish xavfi ostida qolmoqda.
- Men doim, hozir ham va kelgusida ham o‘z klubim, uning egasi, boshqaruv raisi, Ferran Soriano, futbolchilar, xodimlar, Enso Mareska va sizlar – bizning betakror muxlislarimiz tomonida bo‘laman.
Bir narsani juda aniq aytmoqchiman: bu sinovdan biz birga o‘tamiz. Men sizlarning har biringizni yaxshi ko‘raman, – deya yozdi Gvardiola o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.
Xosep Gvardiola 2016 yildan 2026 yilgacha «Manchester Siti» bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Tergov materiallarida esa 2009–2018 yillar orasidagi moliyaviy qoidbuzarliklar tilga olingan. Gvardiola qo‘l ostida klub Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, Angliya chempionligini olti marta qo‘lga kiritgan.