Namanganning "Navbahor" klubi YECHLning 3 karra g‘olibi hisoblangan Niderlandiyaning "Ayaks" klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Muhtaram Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqqa asosan, “Navbahor” futbol maktabini 3 yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish yuzasidan muhim kelishuvga erishildi. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Namangan viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i, “Navbahor” PFK klubi vise-prezidenti Akramjon Dedabayev hamda “Navbahor” klubi direktori Abdumalik Umrzoqov Niderlandiyaning dunyoga mashhur “Ayaks” futbol klubi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Hamkorlik memorandumiga ko‘ra “Ayaks” akademiyasining 11 nafar tajribali murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga jalb etiladi, Ular viloyatdagi futbol infratuzilmasi va yoshlar tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishadi, tomonlar Namanganda zamonaviy Yevro-futbol maktabini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Ushbu hamkorlik Namangan futbolining xalqaro tajriba asosida rivojlanishi, yosh iste’dodlarni kashf etish va professional futbolchilarni tayyorlashda yangi bosqichni boshlab beradi.