Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Navalniyni davolagan shifokor to‘satdan vafot etdi

Navalniyni davolagan shifokor to‘satdan vafot etdi

Favqulodda qo‘nishdan so‘ng Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda olib kelingan Omsk kasalxonasi reanimasiya bo‘limi xodimi, doktor Sergey Maksimishin 55 yoshida vafot etgan, deb xabar beradi Daily Mail.

Britaniya gazetasida ta’kidlanishicha, shifokor "qon bosimi oshib" ketganidan keyin "to‘satdan" vafot etgan. Jurnalistlar Maksimishinning hamkasbi Mariya Morozova bilan bog‘langan, u vrachning o‘limi hamma uchun kutilmagan voqea bo‘lganini aytdi.

Omsk Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Galina Nazarovaning ta’kidlashicha, hurmatli shifokorning o‘limi "qandaydir maxsus sabablarga ega emas". Uning so‘zlariga ko‘ra, "shifokor kasal bo‘lgan, bu yil ota-onasini vafot etgani unga ta’sir qilgan. U reanimasiyaga yotqizilgan va u o‘sha yerda vafot etgan". O‘lim sababi yurak xuruji deb tashxislangan.

Aytilishicha, zaharlanishdan keyin Navalniyni davolashni Maksimishin boshqargan.

Kiritildi: 14:45 05.02.2021. O'qildi: 21874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!