NATO eng katta mag‘lubiyatga a’zo davlatlar o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishga qaror qilganida duchor bo‘ldi.
Bu haqda alyansning sobiq bosh kotibi, Norvegiya moliya vaziri Yens Stoltenberg The Sunday Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Bu NATOning eng katta mag‘lubiyati. Lekin men Afg‘onistonni tark etish og‘riqli bo‘lsa ham to‘g‘ri qaror bo‘lganiga ishonaman, chunki ko‘p odamlar jabr ko‘rdi", - deydi sobiq bosh kotib.
Stoltenberg NATO Afg‘onistonda erkin va demokratik tinchlik o‘rnatilishini ta’minlashni istashini qo‘shimcha qildi. Biroq bunday rejani harbiy kuch orqali amalga oshirish juda qiyin bo‘ldi, dedi vazir.
Shuningdek, u Shimoliy Atlantika alyansi Ukraina tufayli Rossiya bilan uchinchi jahon urushini boshlamasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilning fevral oyida respublika prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida u mamlakat uzra parvozlarni taqiqlovchi hudud joriy etilishini qabul qilib bo‘lmasligini aytgan.