Finlyandiyaning Rossiya Federasiyasi bilan chegarasiga yaqin joylashgan Mikkeli shahrida NATOning Shimoliy Yevropadagi quruqlikdagi qo‘shinlar bosh qarorgohi ish boshladi.
Finlyandiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yangi qarorgoh –(MCLCC) – 29 avgust kuni vazir Antti Haakkanen qarori bilan tashkil etilgan. U mamlakat qurolli kuchlari shtab-kvartirasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Hozircha qarorgohda 10 nafargacha ofiser xizmat qiladi. Keyinchalik Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, AQSh va Buyuk Britaniyadan 50 nafargacha harbiy xodim jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Norvegiyalik polkovnik Ove Staurset Bosh shtab boshlig‘i etib tayinlangan. Qarorgoh AQShning Norfolk (Sharqiy sohil)dagi asosiy shtabiga hisobot berib, doimo yuqori shay holatda ishlaydi.