Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

NATOning qayta qurollanishi Germaniyaga yuz minglab yangi ish o‘rinlari olib kelishi mumkin

NATOning qayta qurollanishi Germaniyaga yuz minglab yangi ish o‘rinlari olib kelishi mumkin

EY-Pantheon va Dekabank’ning yangi tadqiqotiga ko‘ra, agar NATO davlatlari rejaga muvofiq mudofaa xarajatlarini YAIMning 3,5 foizigacha oshirsa, Germaniyada taxminan 144 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, mudofaa buyurtmalari orqali mavjud ish o‘rinlari ham saqlanib qoladi. Jami hisobda tadqiqot mualliflari 360 mingta ish o‘rnini kutmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya bu jarayondan ayniqsa ko‘proq foyda ko‘radi, chunki mamlakatda Rheinmetall, KNDS Deutschland va Heckler & Koch kabi yirik mudofaa kompaniyalari joylashgan.

EY-Pantheon vakili Yan Fridrix Kallmorgen ta’kidlaydiki:

«Investisiyalarning asosiy qismi yevropey kompaniyalariga yo‘naltiriladi — va taxminan uchdan bir qismigina amerikalik firmalarga tegishli bo‘ladi. Shuning uchun Yevropa mudofaa sanoati yaqin yillarda keng ko‘lamli o‘sishni boshdan kechiradi».

Shu bilan birga, po‘lat quyish va avtomobilsozlik kabi sohalarda ish o‘rinlari keskin qisqarmoqda.

Avtomobil tadqiqotlari markazi direktori Ferdinand Dudenxyoffer shunday deydi:

«Germaniyaning an’anaviy kuchli sohalaridagi ishchi o‘rinlarining yo‘qolishini mudofaa sanoati faqat qismangina qoplay oladi. Bu jarayonni to‘xtatish uchun Germaniyaning sanoat maydoni sifatidagi raqobatbardoshligini jiddiy oshirishimiz kerak».

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!