NATOga a’zo sakkiz davlat Ukrainaga 500 million dollar miqdorida harbiy yordam ko‘rsatishini e’lon qildi.
Yordam “Ukraina Priority Needs List” (PURL) tashabbusi doirasida amalga oshiriladi va Amerika qurollari hamda jihozlarini o‘z ichiga oladi. Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya va Shvetsiya AQShdan sotib olinadigan qo‘shma harbiy texnika va o‘q-dorilar paketi shaklida yordam berishi ma’lum qilindi.
NATO Bosh kotibi Mark Rutte so‘zlariga ko‘ra:
“Skandinaviya va Boltiq bo‘yi ittifoqchilarimiz Ukrainga yangi yordam paketini, jumladan, muhim harbiy texnikani moliyalashtirish majburiyatini olib, muhim qadam tashlamoqda.”
Ushbu yordam Ukraina qish oylariga kirishi tufayli alohida ahamiyatga ega. NATO Bosh kotibi qo‘shimcha qildi:
“NATO ittifoqchilari hayotiy zarur jihozlar va materiallar bilan ta’minlashda davom etadilar.”