Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yana bir o‘zbek Yevropa grandi safiga o‘tishi mumkin: "Yuventus" terma jamoamiz vingeriga qiziqib qoldi

A A A
Yana bir o‘zbek Yevropa grandi safiga o‘tishi mumkin: "Yuventus" terma jamoamiz vingeriga qiziqib qoldi

O‘zbekiston milliy jamoasi va Eronning "Persepolis" klubi vingeri Oston Urunov "Yuventus" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Eronning Fotballi.net portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turinning "Yuventus" klubi sport direktori (Marko Ottolini) O‘runov haqida terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bilan gaplashgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli vingerimiz Misrga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, o‘yinning eng faol futbolchisi bo‘lgan edi.

Transfermarkt uni hozirda 2 million yevroga baholamoqda. Uning tehronliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:39 17.11.2025. O'qildi: 9248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!