Bugun 18 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Maduroni Rossiyaga “surgun” qilish niyatidami?

AQSh Maduroni Rossiyaga “surgun” qilish niyatidami?

Politico yozishicha, Donald Tramp ma’muriyati Maduro uchun Rossiya, Turkiya yoki Kubaga borishi mumkin bo‘lgan surgun variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Oq uydagi manbalar Maduroga Rossiyaga ketish uchun “yashil chiroq” berilishi ehtimolini bildirgan.

The Atlantic manbalariga ko‘ra, Maduro AQSh va Venesuela vakillari bilan muzokaralarda amnistiya, uni topganlar uchun mukofotning bekor qilinishi va xavfsiz surgun kafolatlansa, iste’foga tayyorligini aytgan. Bungacha Tramp Maduro bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirgan, ammo uchrashuv vaqti ochiqlanmagan.

Bu orada AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegset “Southern Spear” deb nomlangan harbiy operasiya boshlanganini ma’lum qildi.

Maduro esa ommaga murojaat qilib, Trampni mojaroni avj oldirmaslikka chaqirgan. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta Oq uyda Venesuelaga nisbatan ehtimoliy harbiy zarbalar muhokama qilingan.

AQSh bilan taranglik kuchayishidan oldin esa Maduro Putinning tug‘ilgan kunida Rossiya bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzolagandi.

Kiritildi: 23:50 17.11.2025. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!