Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Shveysariya Trampning nozik joyini topdi

Shveysariya Trampning nozik joyini topdi

Shveysariyalik biznesmenlar delegasiyasi Trampga sovg‘alar bilan tashrif buyurganidan keyin bojxona to‘lovlarini kamaytirishga erishdi, deb xabar qiladi Axios.

Sovg‘alar orasida AQSh prezidentiga shveysariyaliklar tomonidan taqdim etilgan 45 va 47 raqamlari tushirilgan bir kilolik oltin qozoncha hamda oltin korpusli Rolex stol soati ham bo‘lgan. Formal jihatdan barchasi qonuniy: sovg‘alar prezident kutubxonasi balansiga qabul qilinadi.

Bu tashrifdan so‘ng AQSh boj to‘lovlarini 39 foizdan 15 foizga tushirishini e’lon qildi. Javoban Shveysariya o‘z savdo to‘siqlarini kamaytirishga rozi bo‘ldi, shveysariya kompaniyalari esa AQSh iqtisodiyotiga investisiyalarni oshirishga va’da berdi.

Bundan avval Tim Kuk Trampga oltin asosli o‘yib yozuv tushirilgan shisha disk sovg‘a qilgan, Qatar hukumati esa butun boshli Boeing 747 samolyotini sovg‘a qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:40. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!