Putin qo‘poruvchilik harakatlari uchun umrbod qamoq jazosini joriy etuvchi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda BBC.
Yangi hujjatga ko‘ra, qo‘poruvchilik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik endi 14 yoshdan belgilanadi. Voyaga yetmaganlarni bunday harakatlarga jalb qilish esa umrbod qamoq jazosiga olib keladi.
"O‘zgartirishlar qo‘poruvchilik jinoyatlari uchun javobgarlikni Rossiyaning terrorizm to‘g‘risidagi qonunchiligida ko‘zda tutilgani bilan tenglashtiradi: jinoiy javobgarlik 14 yoshdan boshlanadi, shartli jazolar chiqarib tashlanadi, eng kam jazo chegarasidan past jazo qo‘llanilishi mumkin emas va jinoyatchi jazoning 75 foizini o‘tamaguncha shartli ravishda ozod qilinmaydi", deya xabar bermoqda BBC.