Shimoliy Atlantika ittifoqi Amerika Qo‘shma Shtatlari undan chiqib ketishi holatiga doir hech qanday harakat rejasini tayyorlamagan.
Politico gazetasi NATOning uch nafar diplomatiga asoslanib shunday ma’lumot bermoqda. Ulardan biri bunday rejalarni ishlab chiqish NATOning asosiy maqsadiga zid bo‘lishini ta’kidlagan.
"Agar NATO AQShsiz qolsa, ittifoq doirasida hech qanday harakat rejasi mavjud emas," deya xabar qilinmoqda.