"Ukrainaga berilgan asosiy va’da shundaki, u a’zolik sari qaytmas yo‘lga qadam qo‘ydi. Lekin urush tugagach, tinchlik shartnomasi doirasida NATO'ga a’zo bo‘lishi kafolatlanmagan," — dedi NATO bosh kotibi.
Mark Ryuttening fikricha , Rossiya yana uzoq vaqt davomida NATO uchun xavfli bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, u AQShning NATO' ga munosabati haqida ham fikr bildirdi.
Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, Vashington alyansdan chiqishni rejalashtirayotgani haqidagi gaplar asossiz.
"Men buni ochiq aytishim mumkin, Marko Rubioga ham aytaman, hatto Donald Tramp ham aytadi. Lekin baribir ba’zi odamlar Qo‘shma Shtatlar NATO'dan chiqishi mumkin deb o‘ylashadi, ammo bu hom xayoldan boshqa narsa emas" — dedi bosh kotib.
Ryutte shuningdek, AQSh Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etishini aniq ta’kidlab o‘tdi. Avvalroq, AQSh davlat kotibi Marko Rubio ham Qo‘shma Shtatlar NATO'da qolish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.