NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Anadolu agentligiga bergan sharhida Istanbuldagi tinchlik muzokaralari istiqbolini izohlagan holda, yaqin kunlarda Ukrainadagi vaziyat yaxshilanishi mumkinligini ta’kidladi.
"Menimcha, bu hafta, shuningdek, keyingi o‘n kun, ikki hafta ichida Ukrainadagi vaziyatni haqiqatan ham yaxshilash imkoniyati mavjud. Albatta, bu (Ukraina prezidenti Vladimir) Zelenskiy rahbarligida, ammo Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining kuchli ta’siri ostida amalga oshiriladi. Bu jarayonda Turkiya ham muhim rol o‘ynaydi," - dedi Ryutte.
Shu bilan birga, bosh kotib Anqaraning Rossiya-Ukraina urushini to‘xtatishga qaratilgan Istanbuldagi tinchlik muzokaralaridagi rolini yuqori baholadi, deyiladi xabarda. Shuningdek, u Turkiyaning mudofaa sanoati NATO uchun muhimligini ta’kidladi.