Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Litva Polshadan qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun strategik transport yo‘lagini yaratadi, bu Shimoliy Atlantika alyansining eng zaif qismlaridan biri hisoblangan Suvalkiy yo‘lagini mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi.
Rejaga ko‘ra, Litva bilan Polshani bog‘lovchi ikki asosiy yo‘ldan biri modernizasiya qilinadi, bu esa harbiy texnika va kuchlarni tezkor ko‘chirishni ta’minlaydi.
Suvalkiy yo‘lagi — 100 kilometr kenglikdagi o‘rmonli hudud bo‘lib, Boltiqbo‘yi davlatlarini NATO'ning Yevropadagi qolgan ittifoqchilar bilan bog‘lovchi yagona quruqlik yo‘li hisoblanadi.