Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

NATO Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiya Federasiyasiga o‘tkazilganini tasdiqladi

NATO Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiya Federasiyasiga o‘tkazilganini tasdiqladi

NATO Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiya Federasiyasiga o‘tkazilganini tasdiqladi.

"Agar bu qo‘shinlar Ukrainada jang qilish uchun yuborilgan bo‘lsa, bu Shimoliy Koreyaning Rossiyaning noqonuniy urushini qo‘llab-quvvatlashi sezilarli darajada kuchayganini anglatadi, boshqa tomondan esa bu Rossiyaning oldingi chiziqdagi muhim yo‘qotishlarining yana bir belgisidir", dedi NATO matbuot kotibi Farah Dahlalla.

Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans a’zolari maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda va Janubiy Koreyadan hozirgi vaziyatga oydinlik kiritishni kutmoqda.

Avvalroq AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiya hududiga jo‘natilgani haqida dalillar borligini ma’lum qilgan, biroq bundan ko‘zlangan maqsad hozircha noma’lum ekanligini aytgandi.

Kiritildi: Bugun 09:41. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!