Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

NATO'ning eng katta dushmani bu uning o‘zining o‘zi — Rossiya Tashqi ishlar vaziri

NATO'ning eng katta dushmani bu uning o‘zining o‘zi — Rossiya Tashqi ishlar vaziri

NATO'ning eng katta dushmani bu uning o‘zining o‘zi — Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

Sergey Lavrov bunday fikrni Antaliya diplomatik forumidagi chiqishida aytib o‘tdi.

Rossiya TIV rahbarining boshqa bayonotlari:

◾️ Yevro-Atlantika hamjamiyatining barcha sa’y-harakatlari yangi urushga tayyorgarlikka qaratilgan. Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya bu jarayonning boshida turibdi;

◾️ Moskva va Vashington AQShning qo‘shma loyihalar bo‘yicha taklifini muhokama qilmoqda, Rossiya uni rad etmagan;

◾️ Rossiya va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish salohiyati har doim mavjud, biz normal munosabatlarga ega bo‘lishimiz mumkin;

◾️ Ukraina mojarosini hal qilishning yagona yo‘li — nizoning asosiy sabablarini bartaraf etish, Tramp buni yaxshi tushunadi;

◾️ Rossiya Ukraina mojarosi kontekstida avvalo hududlar emas, balki odamlar haqida qayg‘urmoqda;

◾️ Qo‘shma Shtatlar Ukraina bo‘yicha mojaroni hal etishda hududiy masalalarni hal qilish zarurligini tushunmoqda;

◾️ Bayden ma’muriyatining Rossiyani yakkalashga urinish siyosati “ahmoqona harakat” bo‘lgan;

◾️ Rossiya Turkiyaga moratariy kuchga kirganidan beri Ukraina tomonidan energiya ob’ektlariga qilingan hujumlar ro‘yxatini topshirdi;

◾️ SSSR va Rossiya o‘z vaqtida NATO'ning sharqqa kengaymasligi haqidagi va’dalarini hujjatlarda mustahkamlab qo‘ymagan, chunki Rossiya tarixida kelishuvlarni og‘zaki tuzish va so‘zga ishonish an’anasi bo‘lgan. O‘sha paytda NATO rahbarligida bo‘lganlar bu an’anani bilmagan.

Kiritildi: 19:04 12.04.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!