Bugun 23 may, 2024 yil, payshanba

КИР

NATO mutaxassislari O‘zbekistonga keldi

NATO mutaxassislari O‘zbekistonga keldi

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Dastlab delegasiya a’zolariga Markazning o‘quv-moddiy bazasi va o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar tanishtirilib o‘tildi.

Shundan so‘ng Markazning Madaniyat va ma’rifat markazida mehmonlar o‘zaro tanishuv suhbati hamda mas’ul shaxslar ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifing davomida markaz shaxsiy tarkibi va kursantlarga NATO harbiy hamkorligi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng Markazda tahsil olayotgan kursantlar uchun NATOga a’zo davlatlarda serjantlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bir qator mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etildi hamda mavzu bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.

Mazkur hamkorlikdagi o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar 20 aprel kuniga qadar davom etadi.

Kiritildi: 15:57 16.04.2024. O'qildi: 3131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!