Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

NATO'ga a’zo yetti davlat Ukrainaning alyansgaga kirishiga qarshi

NATO'ga a’zo yetti davlat Ukrainaning alyansgaga kirishiga qarshi

NATO'ga a’zo yetti davlat Ukrainaning alyansgaga kirishiga qarshi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bu g‘oyaga qarshi chiqayotgan davlatlarga Ukrainaning eng yirik tarafdorlari bo‘lmish AQSh va Germaniya yetakchilik qilmoqda. Vashington va Berlin Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urush olib borishdan xavfsiramoqda.

Bundan tashqari, Slovakiya va Vengriya ham Ukrainaning NATO'ga qo‘shilishiga qarshi, bunga ushbu ikki davlat hukumatlarining rossiyaparastligi sabab hisoblanadi.

"Shuningdek, Ispaniya, Belgiya va Sloveniya Kiyevning alyansga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamayapti. Ushbu davlatlar buni AQSh va Germaniya ortiga yashiringan holda bildirishmoqda", — deya ma’lum qildi NATO rasmiylaridan biri.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!