Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

NATO Yevropa davlatlarini havo mudofaasini besh barobar kuchaytirishga chaqirdi

NATO Yevropa davlatlarini havo mudofaasini besh barobar kuchaytirishga chaqirdi

NATO Yevropa mamlakatlarini Rossiya xavfiga javoban qit’adagi havo mudofaasi imkoniyatlarini besh barobar oshirishga chaqirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu masala 5 iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishida muhokama qilinishi kutilmoqda. Muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tadi va manbalarning aytishicha, havo mudofaasi bo‘yicha aniq muddat belgilanmagan.

Tashabbus Yevropa va Kanada davlatlarining AQShga bog‘liqlikni kamaytirish hamda yangi qurollanish harakatlarining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda. Ushbu yig‘ilish 24–25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadigan NATO yetakchilari sammiti uchun asos sifatida xizmat qiladi.

Hujjatda qayd etilishicha, NATO a’zolari mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga yetkazishni maqsad qilmoqda. Buning 3,5 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy xarajatlar, qolgan qismi esa kiberxavfsizlik, infratuzilma va fuqarolik tayyorgarligi kabi sohalarga sarflanadi.

NATO bosh kotibi Mark Ryutte 2 iyun kuni Vilnyusdagi yig‘ilishda: “Biz to‘liq harbiy tayyorgarlikka o‘tishimiz kerak. Hozir urushda emasmiz, lekin tinchlik ham yo‘q”, — deya ta’kidlagan.

Aslida, Yevropa so‘nggi yillarda havo mudofaasiga oid yetarli salohiyatga ega emasligi bilan tanqid qilib kelingan. Rossiyaning to‘liq miqyosli urush boshlaganidan so‘ng Ukrainaga yuborilgan qurollar fondasida bu muammo yanada sezilarli bo‘ldi.

2 iyun kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer ham mamlakatni “urushga tayyor holatga” keltirish rejalarini e’lon qilgan, jumladan, yangi suvosti kemalari qurish va yadroviy qurollarga milliardlab sarmoya kiritishni ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 19:05 04.06.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!