Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

NATO yetakchilari Anqarada Ukraina, mudofaa byudjetlari va janubiy qanotni muhokama qiladi

NATO yetakchilari Anqarada Ukraina, mudofaa byudjetlari va janubiy qanotni muhokama qiladi

Evroatlantika uchun tahdid va xavf-xatarlar, Ukrainadagi vaziyat hamda NATOning janubiy qanoti 7—8 iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tadigan sammitning asosiy mavzulariga aylanadi. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyati huzuridagi Kommunikasiyalar boshqarmasi rahbari Burxanettin Duran ma’lum qildi.

«Evroatlantika mintaqasi uchun tahdid va xavf-xatarlar, Ukrainadagi vaziyat hamda NATOning janubiy qanotidagi voqealar yuzasidan fikr almashiladi», — deb yozdi u o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida.

Shuningdek, yetakchilar mudofaa byudjetlarini oshirish, alyansni tiyib turish va himoya qilish masalalarini ham muhokama qiladilar.

Kiritildi: 18:43 05.07.2026. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!