Bugun 28 avgust, 2026 yil, juma

КИР

NATO droni Qora dengiz uzra aloqa tizimida nosozlik haqida signal berdi

NATO droni Qora dengiz uzra aloqa tizimida nosozlik haqida signal berdi

NATOga tegishli RQ-4D Phoenix uchuvchisiz uchish apparati Qora dengiz uzra parvoz qilayotgan vaqtda aloqa tizimida nosozlik yuzaga kelgani haqida signal berdi.

Bu haqda RIA Novosti Flightradar24 xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.

MAGMA10 chaqiruv belgisi ostida harakatlangan dron Turkiya sohillari yaqinida, Qora dengiz akvatoriyasi uzra parvoz qilayotgan vaqtda aloqa tizimidagi muammoni anglatuvchi 7600 kodini uzatgan.

Shundan so‘ng uchuvchisiz apparat g‘arb tomon, Bolgariya yo‘nalishida harakatni davom ettirgan.

Signal Moskva vaqti bilan taxminan soat 23:32 da berilgan. Keyin dron Bolgariya havo hududini kesib o‘tgan va soat 02:26 da Gresiya hududi uzra bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 09:52. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!