Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

NATO davlatlari chegarasini buzgan Rossiya samolyotlarini urib tushirish kerak — Chexiya prezidenti

NATO davlatlari chegarasini buzgan Rossiya samolyotlarini urib tushirish kerak — Chexiya prezidenti

Petr Pavelning aytishicha, alyans davlatlari o‘z havo hududiga Rossiya harbiy samolyotlari tomonidan sodir etilayotgan buzilishlarga qat’iy javob qaytarishi lozim.

"Shundagina Rossiya o‘z xatosini anglaydi va ruxsat etilgan chegaralarni bosib o‘tganini tushunadi. Afsuski, bu yirik mojaro bilan to‘qnashuv xavfini tug‘diradigan nozik muvozanat masalasi, lekin biz yovuzlik oldida orqaga chekina olmaymiz", — dedi Pavel Chexiya televideniyesiga bergan intervyusida.

Petr Pavel oldin NATO harbiy qo‘mitasiga rahbarlik qilgan. Uning bu izohi sentyabr oyida yuz bergan bir qator hodisalardan so‘ng yangradi. Sentyabrda Rossiyaga tegishli dronlar va qiruvchi samolyotlar NATO'ga a’zo Sharqiy Yevropa davlatlari – Polsha, Ruminiya va Estoniya havo hududini buzgan edi.

Kiritildi: 16:51 21.09.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!