Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

NATO Bosh kotibi Gruziyaga keldi

A A A
NATO Bosh kotibi Gruziyaga keldi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Gruziyaga tashrif buyurdi. Bu haqda Gruziya OAVlari xabar berdi.

Shimoliy Atlantika alyansi rahbarini aeroportda Gruziya tashqi ishlar vaziri Iliya Darchiashvili va Gruziyaning NATOdagi elchisi Viktor Dolidze kutib oldi.

Stoltenberg bugun Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida tomonlar matbuotga bayonotlar beradi.

NATO Bosh kotibi mamlakat prezidenti Salome Zurabishvili bilan ham uchrashadi.

17-19 mart kunlari NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ozarbayjon, Gruziya va Armanistonga tashrif buyuradi.

Kiritildi: 19:30 18.03.2024. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!