Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Rossiyaning yadroviy mashg‘ulotlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb bayonot berdi tashkilot bosh kotibi Mark Ryutte.
«Biz, albatta, ularni va u yerda sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzatyapmiz», — deya Ryuttening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «RIA Novosti» axborot agentligi.