Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Nasaf" rahbariyati jamoa muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi

"Nasaf" rahbariyati jamoa muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun "Nasaf" futbol klubi direktori Alisher Yusupov boshchiligidagi klub rahbariyati jamoaning bir guruh faol muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Alisher Ismoilovich jamoani har qanday vaziyatda ham qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha muxlislarga o‘z minnatdorligini bildirdi. Shuningdek, yaqinda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida jamoamizning sodiq muxlislaridan biri vafot etgani qayg‘u bilan esga olindi. Ushbu holat safar vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishkerakligini yana bir bor eslatdi.

Klub tomonidan har doim muxlislarning safar o‘yinlariga xavfsiz borib-kelishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Uchrashuvda uzoq masofalardagi safarlarda muxlislarning dam olishi, sergaklikni yo‘qotmasligi va tartib-intizomga rioya etish muhimligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, klub rahbari boshqa jamoalar muxlislari bilan do‘stona munosabatda bo‘lish va sog‘lom raqobat muhitini saqlab qolish lozimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Kiritildi: 17:45 05.11.2025. O'qildi: 1436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!